Sirdaryoda poyezd ayolning tanasini bo‘lib yubordi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryoning Xovos tumanida poyezd bir ayolni bosib ketgani, natijada u ikkiga bo‘linib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 24 may kuni soat 13:30 larda Sirdaryo viloyati IIB TXTB navbatchilik qismiga “Xovos-Toshkent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi elektropoyezdi Xovos aylanma yo‘lining 2 km 6 piketida 25-30 yoshlar atrofidagi shaxsi noma’lum ayol kishini urib yuborganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu ayol 1999 yilda tug‘ilgan Xovos tumani "Gulbahor" MFYda yashagan T.Sh. ekanligi hamda o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida elektropoyezd urib yuborganligi aniqlangan. Ayol olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Xovos transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Sirdaryo

Baholaganlar

843

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing