Sirdaryoda ota 26 yoshli o‘g‘lidan aliment talab qildi
3-sahifa
−
01 avgust 2024
6648Sirdaryoda ota 26 yoshli o‘g‘lidan aliment so‘rab, da’vo kiritdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Guliston tuman sudiga uch nafar farzandning otasi to‘ng‘ich farzandidan aliment talab qilib da’vo arizasi kiritgan. Erkak turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan yashamasligi, sog‘lig‘i yomonlashganini aytgan. Shuningdek, u moddiy tomondan qiynalib qolgani, farzandi esa unga yordam bermayotganidan shikoyat qilgan.
Qayd etilishicha, ota o‘zining mol-mulkini o‘g‘lining nomiga o‘tkazib bergan. Sud majlisida ota farzandiga bergan uy va do‘konlarni qaytarib bersa, alimentdan voz kechishini aytgan. Lekin o‘g‘il bunga rozi bo‘lmagan.
O‘rganishlar davomida sud otaning da’vosini rad etgan. Sababi o‘g‘il I guruh nogironi bo‘lgan ukasi va voyaga yetmagan singlisining moddiy ta’minoti uchun mas’ulligi aniqlangan. Bundan tashqari, ota pensiya yoshiga yetmagan va mehnatga layoqatsiz emas.
LiveBarchasi