Sirdaryoda ona va uning voyaga yetmagan 3 nafar farzandi is gazidan vafot etdi

3-sahifa

image
Is gazidan zaharlanmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi. Joylarda esa gaz yo‘q north_east

Is gazidan zaharlanmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi. Joylarda esa gaz yo‘q

Kecha, 25 noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi is gazidan zaharlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Xovos tumani, “Do‘stlik” MFY, Xiyobon ko‘chasi, 11-uyda yashovchi fuqaro 31 yoshli Z.N. (ayol) va uning 10 yoshli o‘g‘li Sh.Q. qo‘lbola usulda yasalgan pechdan chiqqan iz gazidan kuchli zaharlanib, yashash xonadonida vafot etgan.

Shuningdek, Z.N.ning 7 va 3 yoshdagi yana ikki nafar o‘g‘li is gazidan zaharlanib, Xovos tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan hamda 26 noyabr kuni mazkur jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Voqea joyi Xovos tumani prokurori Sh.Altmishev, tuman IIB boshlig‘i A.Egamnazarov, tuman yong‘in havfsizligi bo‘limi boshlig‘i A.Karimov, tuman IIB tezkor xodimlari, EKB ekspertlari ishtirokida tuman prokuraturasi tergovchisi D.Normatov tomonidan ko‘zdan kechirilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, Z.N. va Sh.Q.ning o‘limi is gazidan zaharlanish oqibatida kelib chiqqanligi qayd etilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Xovos tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv ustidan nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, natijasi haqida qo‘shimcha axborot berilishi ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

is gazi

Baholaganlar

193

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing