Sirdaryoda masjid uchun yig‘ilgan pullar “tuya qilindi”
3-sahifa
−
09 dekabr 2022
10355Sirdaryoda masjid qurilishi uchun yig‘ilayotgan pullar 2 nafar shaxs tomonidan o‘zlashtirildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Yangiyer shahrida fuqaro M.S. shaharda qurilishi rejalashtirilgan masjid uchun ochilgan bank kartasi ma’lumotlarini ehson qiluvchilarga tarqatish uchun Telegram'da e’lon qoldirgan.
M.S.ga o‘zini Rossiya davlatida ishlovchi ayol sifatida tanishtirgan shaxs 150 AQSH dollarini ehson qilmoqchi ekanini bildirgan. Ushbu shaxs bank kartasiga kelgan sms-xabarni qo‘lga kiritish orqali 73 mln 400 000 ming so‘mni o‘zlashtirib olgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu jinoyatni Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi E. A. (1996 yil) va Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi N.J. (2002 yil) sodir etgan.
Mazkur ikki shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi