Sirdaryoda maktab o‘quvchisi pichoqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19 avgust kuni Sirdaryo viloyatida 27 yoshli yigit o‘zidan 10 yosh kichik maktab o‘quvchisini pichoqladi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani Paxtakor MFYda yashovchi 27 yoshli B.E. Paxtakor MFY hududida o‘zaro janjal oqibatida Zarafshon ko‘chasida yashovchi 25-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchisi, 17 yoshli N.A.ni pichoq bilan jarohatlagan. Bu haqda Boyovut tuman IIB kecha, 27 avgust kuni ma’lum qilgan.

Natijada N.A. shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.E. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo pichoqlash

Baholaganlar

49

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing