Sirdaryoda Lacetti yonib ketdi. Avtomobil salonida haydovchining rafiqasi va ikki farzandi bo‘lgan
Jamiyat
−
28 iyul 2020
20323Sirdaryoda viloyatida dahshatli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berib, Lacetti avtomobili yonib ketdi. Yong‘in chiqqan avtomobilda haydovchining rafiqasi va ikki nafar farzandi bo‘lgan.
YTH bugun, 28 iyul kuni soat 18:50 larda fuqaro Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 yo‘lining 103 kmda sodir bo‘lgan. Lacetti rusumli 40 P 782 UA davlat raqam belgili avtomashinani Guliston-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib kelgan 1986 yilda tug‘ilgan Guliston shahar N.Jalilov ko‘chasi 26-uyda yashovchi M.A. yo‘lning qayrilib olish mumkin bo‘lgan qismida qayrilib olayotganda Toshkent-Guliston yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan fuqaro 1969 yil tug‘ilgan N.E. boshqaruvidagi ISUZU rusumli 01 379 REA davlat belgili avtomashina uning orqasidan kelib urgan. Natijada Lacetti boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi beton bardyurga urilib YTH sodir etgan. Avtomobil elektr kabellarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in kelib chiqib, avtomashina yonib ketgan.
Avtomobil bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchilar ya’ni, haydovchining turmush o‘rtog‘i 1984 yil tug‘ilgan N.A. va ikki nafar farzandlari 2013 yilda tug‘ilgan qizi I.M. va 2016 yilda tug‘ilgan o‘g‘li M.A.lar zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
YTH va yong‘in natijasida jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.