Sirdaryoda kredit mablag‘larini “yeb yuborgan” shaxslar aniqlandi
3-sahifa
−
26 mart
4743Sirdaryoda ajratilgan katta miqdordagi kredit mablag‘larini o‘zlashtirib olgan MCHJ fosh qilindi. Bu haqda bugun, 26 mart kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Sirdaryo mintaqaviy filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan.
Tergovga qadar tekshiruvda “O‘.Sh.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, MCHJga ajratilgan 10 mlrd so‘m kredit mablag‘lari evaziga turar joy binosini qurmasdan, ta’minotchi korxonalardan xarid qilingan qurilish mollarini naqd pulga sotib yuborib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirganliklari aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi manbada.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urgutda 2,2 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbari ushlangan edi.
LiveBarchasi