Kurs UZS

USD

12 994.59

13.7

EUR

14 761.85

38.92

RUB

157.68

-0.99

Sirdaryoda klinika 2 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-toroj qildi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan tibbiyot klinikasi 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Guliston shahridagi “S.J.” MCHJga qarashli tibbiyot klinikasining elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatilishi oqibatida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida elektr tarmoqlari korxonasi xodimi fermer bilan til biriktirib, 1 mlrd 50 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi Sirdaryo Guliston tibbiyot klinikasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing