Sirdaryoda klaster suvchilari velosipedda namoyish o‘tkazdi (video)
Jamiyat
−
21 may 2021
5032Bir guruh klaster ishchilari Sirdaryo viloyatidan o‘tgan M-39 yo‘lida velosipedda norozilik namoyishi o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Mehnat vazirligi rasmiy bayonot berdi.
Videoda ishchilardan biri ularga 1 yarim mln so‘m oylik berilishini, bu pul hech narsaga yetmasligini va hozirda ushbu summani ham kamaytirishmoqchiligini aytadi.
Haydovchining “bizda nima ayb” deya bergan savoliga “Sizlarda ayb yo‘q, biz faqat amaldorlarni chaqirmoqchimiz. Ular oldimizga kelolmayapti”, deya javob qaytargan.
Mehnat vazirligining ma’lum qilishicha, hozirda Sirdaryo viloyat hokimligi va Bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida ishchilarning ish haqi bilan bog‘liq muammolari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi