Sirdaryoda kadastr xodimi pora bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida Kadastr agentligi bo‘limi bosh inspektori pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani bo‘limi bosh inspektori o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda 1975 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zining mansabdor tanishlari orqali uning yashash xonadoni kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va ushbu hujjatlarni muddatidan oldin tayyorlab berish evaziga 1500 AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh inspektor 1000 AQSH dollari va 6 mln 50 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida kadastr xodimi va soliqchi pora bilan qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Sirdaryo kadastr xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing