Sirdaryoda ikki kishi bir qizni fohishalikka sotmoqchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Sirdaryoda bir fuqaro Rossiyaga ishlash uchun ketgan tanishi bilan til biriktirib boshqa bir fuqaroni fohishalik bilan shug‘ullanishga jo‘natmoqchi bo‘ldi. Bu haqda  Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro S.O‘. Rossiyaga ishlash uchun ketgan tanishi F.N. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro N.ni RFga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun jo‘natishga kelishib, “Toshkent-Domodedova” yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta xarid qilgan. Biroq jinoyatchilar fuqaro N.ni Toshkent xalqaro aeroportiga olib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat Departamentning Guliston shahar bo‘limi hamda DXXning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi

Baholaganlar

439

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing