Sirdaryoda ichida o‘quvchilar bo‘lgan Gentra kanalga tushib ketdi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida ichida o‘quvchilar bo‘lgan Gentra avtomobili kanalga tushib ketdi. Bu haqda viloyat IIB ma’lum qildi.

Bildirilishicha, voqea kecha, 14 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Haydovchi avtomobilni Guliston tumani, Inoqlik mahallasi hududidan o‘tgan “O‘ng tarmoq” kanalining o‘ng tomonida joylashgan mahalliy ichki yo‘l bo‘ylab boshqarib borayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va mashina kanalga tushib ketgan. 

IIB hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgan.

Ijtimoiy tamoqlarda esa avtomashina ichida 5 nafar maktab o‘quvchisi bo‘lgani, ulardan 3 nafari tirik qolgani, ikkisi suvda oqib ketgani haqida xabarlar tarqalmoqda. 

Biroq IIB bayonotida o‘quvchi bolalar haqida ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Guliston kanal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing