Sirdaryoda FVB xodimi pora bilan ushlandi (video)
3-sahifa
−
09:51
5304Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining tezkor bo‘linmasi boshlig‘i 7 ming AQSH dollari miqdorida pora olgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u Guliston shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaroni o‘zining mansabdor tanishlari orqali ishga kiritib qo‘yish evaziga 7000 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida hokim yordamchisi fuqaroga 120 million so‘m imtiyozli kredit ajratishda ko‘maklashish evaziga 5 million 200 ming so‘m pora olgandi.
LiveBarchasi