Sirdaryoda ETK boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘ining o‘rinbosari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.B. tumandagi “X” fermer xo‘jaligi rahbariga go‘yoki ETK xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda elektr ta’minotidan 7,8 mln so‘m qarzdorlik hisoblanganini aytgan. Shuningdek, ushbu qarzdorlikni kamaytirib berish evaziga 4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 100 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgan Buxoro viloyati Kogon tumani prokuroriga sud hukmi o‘qilgani xabar qilingandi. Jizzaxda esa mahbusning jazosini yengillashtirish uchun pora olgan qamoqxona boshlig‘i qamaldi. Shuningdek, Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi bosh inspektori ham pora bilan qo‘lga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo ETK Oqoltin tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing