Sirdaryoda erkak yosh bolani kaltakladi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 10 may kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida erkak yosh bolaga kuch ishlatgani aks etgan videotasvirlar tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu voqea Sirdaryo viloyati IIB mas’ullari tomonidan o‘rganilgan. O‘rganishlar davomida videotasvirdagi holat ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritilib, qonuniy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgani aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Guliston shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 18 yoshli qiz kelishmovchilik oqibatida sevgan yigiti tomonidan kaltaklangan edi. Janjal vaqtida yigit qizga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi shifoxonaga murojaat qilgan. Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Guliston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing