Sirdaryoda bolaga oyog‘ini uqalatgan bog‘cha opa ishdan bo‘shatildi  

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatida tarbiyachi bog‘cha tarbiyalanuvchisiga oyog‘ini “massaj” qildirgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, videodagi holat Oqoltin tumanidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tasvirga olingan.

Holat yuzasidan tumandagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari va bo‘lim xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan va ushbu voqea atroflicha muhokama qilingan. Muhokama qaroriga muvofiq 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi N.X bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda yosh bolalarning yuziga tarsaki tushirgan tarbiyachi ishdan bo‘shatilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

massaj Oqoltin Sirdayo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing