Sirdaryoda bir yashar qizini $15 mingga sotayotgan ona ushlandi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida bir yoshli qiz farzandini sotayotgan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida Guliston shahar hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda 1996 yilda Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida tug‘ilgan, Guliston shahrida yashab kelayotgan fuqaro O.U. o‘zining o‘tgan yilning 3 iyun kuni tug‘ilgan farzandi O.Sh.ni “xaridor” fuqaro M.G.ga 15 000 AQSH dollari evaziga sotgan vaqtida ushlangan va undan kimyoviy ishlov berilgan pullar daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan O.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi, 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi

Baholaganlar

217

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing