Sirdaryoda bir oilaning ikki a’zosi yong‘inda halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 20 noyabr kuni tunda Sirdaryo viloyatidagi xonadonlardan birida yuz bergan yong‘in natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. bu haqda viloyat FVB xabar qildi.

Soat 3:06 da Sirdaryo tumani FVB navbatchi-dipetcherlik xizmatiga Sirdaryo tumani, Yoshlik mahallasi Ixlos ko‘chasi 23-uydagi 3 ta vaqtinchalik qurilgan (vremyanka) xonaning 38 kv.m. maydonida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida habar kelib tushgan. Yong‘in joyiga, jangovar ekipajlar soat 3:18 da yetib borib, 3:55 da yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida, yashash uyi ichida bo‘lgan, uy egasi 1974 yilda tug‘ilgan M.I. va uning o‘g‘li 2001 yilda tug‘ilgan M.Q.ning kuygan holdagi jasadlari topilgan. 

Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lgan xonadonda bo‘lgan uy egasining o‘g‘li 2004 yilda tug‘ilgan M.Q va uy egasining jiyani 2006 yilda tug‘ilgan S.Q. kuyish tan jarohati olganlar.

Yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda. Hozirda holat bo‘yicha tuman prokuraturasi va tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing