Sirdaryoda ayol kishi tuman hokimi bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 18 fevral kuni Sirdaryoda viloyatida xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda ayol kishining nomzodi tuman hokimligiga ko‘rsatildi.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, tuman Kengashining sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Unda O‘lmasjon Mamadaminov boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan Boyovut tumani hokimi lavozimidan ozod etildi va o‘rniga Dilfuza O‘rolova Boyovut tumani hokimi etib tayinlandi. 

Dilfuza O‘rolova 2012 yilda – “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi hisoblanadi.

Dilfuza O‘rolova 1985-1990 yillar mobaynida – Guliston davlat universiteti talabasi, 1990-2001 yillar – Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi, 2001-2010 yillar – Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, direktori bo‘lgan.

2010-2015 yillar mobaynida – Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.

2015-2017 yillar mobaynida – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan.

2017 yildan shu kunga qadar Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Oilali, 4 nafar farzandi bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing