Sirdaryoda avtobus ag‘darilishiga Spark sababchi bo‘lgan

Jamiyat

image

Avvalroq, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani M-34 trassa yo‘lida avtobus ag‘darilib ketishi natijasida 16 kishi turli darajada jarohat olgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mazkur yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, kecha, 11 iyul kuni soat 11:00 larda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi “G.K.T.S.” MCHJ haydovchisi 51 yoshli A.A. boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtobusni Yangihayot MFY hududidan o‘tuvchi “Dushanbe-Toshkent” yo‘lida haydab ketayotgan vaqtida boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetiga chiqib, ag‘darilgan. Avtobusda 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 15 nafari ayol, 3 nafari erkak kishi, 2 nafarini voyaga yetmaganlar tashkil etgan. Haydovchi avtobusni qizil rangli Spark rusumli avtomashinasi siqib ketganligi tufayli yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lganligini bildirgan.

Natijada avtobusning ikki nafar ayol yo‘lovchilari jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan, shuningdek qolgan 18 nafar yo‘lovchiga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Haydovchi A.A. jarohat olmagan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sirdaryo

Baholaganlar

48

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing