Sirdaryoda 8 ta avtomobil to‘qnashdi

3-sahifa

image

Kecha, 26 noyabr kuni Sirdaryo viloyatida qalin tuman sabab 8 ta avtomobil to‘qnashib ketdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, voqea soat 07:30 larda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi “A-373” avtomobil yo‘lining “Jizzax-Toshkent” yo‘nalishi 97-kilometrida sodir bo‘lgan. Yo‘lga qalin tuman tushib, yo‘l ko‘rinishi cheklangani sabab yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan transport vositalarining haydovchilari tomonidan belgilangan tartibda masofa saqlamagani oqibatida jami 8 ta yengil transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida fuqarolarga jarohat yetmagan. Hozirda Sirdaryo viloyati IIB YHXX tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

"Haydovchilardan, kuz-qish mavsumida, murakkab ob-havo sharoitida belgilangan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘raymiz", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Shahrixon tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing