Sirdaryoda 5 kunlik chaqalog‘ini $5 mingga pullamoqchi bo‘lgan ayol qamaldi

Jamiyat

image

Sirdaryoda 5 kunlik chaqalog‘ini 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolga sud hukmi o‘qilgan. Bu haqda Oliy sud Matbuot kotibi ma’lum qilid.

Qayd etilishicha, joriy yil 13 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati IIB JQB hamda TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Guliston shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda shaharning Namuna mahallasida joylashgan “Nikoh uyi” ro‘parasidagi avtoturargohda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro B.A. o‘zining joriy yilning 8 oktyabr kuni tug‘ilgan farzandini xaridor sifatida jalb qilingan IIB xodimiga 5 ming dollar evaziga sotgan vaqtda ushlangan. Undan kimyoviy ishlov berilgan pullar daliliy ashyo sifatida olingan. Tartib bo‘yicha, fuqaro B.A.ning chaqalog‘i Sirdaryo viloyatidagi mehribonlik uyiga topshirilgan.

Qayd etilishicha, B.A. qilmishidan pushaymonligini, moddiy tomondan qiynalib qolganini, farzandini o‘stirishga imkoni yo‘qligini, shu uchun sotishga majbur bo‘lganini bildirgan.

Sud barcha holatlarni o‘rganib chiqib, B.A.ga besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Odam savdosi qurboni bo‘lgan go‘dak vasiylik organlariga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing