Sirdaryoda 215 mln so‘m qimmatiga ekskavator sotib olgan mas’ullar qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
20 Fevral 2024 11154 1 daqiqa
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida “Ekskavator-pogruzchik” texnikasini qimmat narxda xarid qilib, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish holati aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, tuman obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari “Ekskavator-pogruzchik” texnikasini haqiqiy bahosidan 215,1 mln so‘mga qimmat narxda xarid qilib, byudjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mirziyoyev byudjet pulini “shishirilgan” xarajatlar hisobiga sarflanishini tanqid qilgandi.
Sarvar Xurramov
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr