Sirdaryoda 13 yashar bola qarindoshini o‘ldirdi
3-sahifa
−
28 Oktabr
13808Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 13 yoshli maktab o‘quvchisi qarindoshini so‘yib tashlagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Uning ma’lum qilishicha, 18 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yashagan 23 yoshli F.J. ismli erkakning murdasi Guliston shahar “Navbahor” mahallasi hududidagi kanalning tashlandiq joyidan topilgan. Aniqlanishicha, voyaga yetmagan Sh.A. (o‘g‘il bola) o‘sha kuni “Do‘stlik” va “K-3” kanali oralig‘idagi tashlandiq joydan o‘tib ketayotgan vaqtida uzoq qarindoshi F.J. uni chaqirib, qo‘lidagi pichoq bilan uni o‘ldirishini so‘ragan. Sh.A. buni rad qilganidan so‘ng, F.J. voyaga yetmagan Sh.A.ni qo‘rqitganligi bois, voyaga yetmagan Sh.A. F.J.ni pichoq bilan qasddan o‘ldirgan.
Ma’lumot o‘rnida, marhum F.E. ruhiy kasalliklar dispanserida “paranoid shizofreniya epizodik kechishi” tashxisi bilan ro‘yxatda turgan.
Mazkur holat yuzasidan 18 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqand viloyatida sevgilisini o‘ldirgan 28 yoshli erkak 17 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Surxondaryo viloyatida esa o‘z onasini bolta bilan chopib tashlagan erkak 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
LiveBarchasi