Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan Suhrob To‘rabek o‘g‘li Tavboyev Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat soliq boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Suhrob Tavboyev tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. U 1990 yil Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2013 yilda Guliston davlat universitetini iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Suhrob Tavboyev ish faoliyatini 2013 yilda Mirzaobod tumani soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa tortish, davlat boji va boshqa daromadlar sho‘basi davlat soliq bosh inspektori lavozimida boshlagan. Suhrob Tavboyev Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Faxriddin Atoyevich Boboyev Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo tayinlov soliq boshqarmasi Suhrob To'rabek o'g'li Tavboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing