Sirdaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Abdurahim Umarov Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi. 

Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Rahimjon Boboyev viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga Abdurahim  Abdulhamidovich Umarov viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Abdurahim Umarov 1985 yilda viloyatning Sayxunobod tumanida tug‘ilgan. 2008 yil Guliston davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Sirdaryo viloyati filialida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. Mazkur tayinlovga qadar esa u filial boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 5 mart kuni Toshkent shahridagi Chilonzor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Jamoliddin Hojimanov Sirdaryo viloyatidagi Guliston shahriga yangi hokim etib tayinlangandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Abdurahim Umarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing