Sirdaryo va Surxondaryoda terrorchilik guruhining 9 nafar a’zosi ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 17 iyul kuni mavsumiy ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga borib, u yerda yashirin faoliyat olib borayotgan “Katibatul Tavxid val-Jixod” terrorchilik tashkiloti ta’siriga tushgan yashirin guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB xabar berdi.

Mazkur guruh a’zolari yashash joylariga qaytib kelishgach, yaqin qarindoshlari va mahalladoshlari orasida radikal qarashlarini targ‘ib qilish, hamda Internet terrorchilik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tarqatish bilan shug‘ullanganlar.

Aniqlanishicha, ular Rossiya hududida bo‘lishlari davomida, Suriya Arab Respublikasida o‘rnashib olgan terroristik tashkilotlarga moliyaviy ko‘mak berib kelganlar va kelajakda o‘zlari ham ushbu davlatga borib, jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirganlar.

Tezkor tadbir natijasida jinoiy guruhning Boyovut tumanida yashovchi 8 nafar va Surxondaryo viloyatida yashovchi 1 nafar a’zosi qo‘lga olinib, ularning uyali aloqa vositalari hamda yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirildi. 

Ayni paytda, Sirdaryo viloyat IIB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

terrorchilik Sirdaryo

Baholaganlar

901

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing