Sirdaryo hokimiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Shavkat Zayniddinov va Bahodir Botirov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Zayniddinov Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Shavkat Zayniddinov tayinlovga qadar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Bahodir Botirov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Tayinlovga qadar Guliston tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Har ikki nomzod Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing