“Singapurskiy”ning 500 dan ortiq talabasi kursdan kursga qoldirildimi?
Jamiyat
−
18 Oktabr 2023
8626Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining yuzlab talabalari navbatdagi ta’lim yo‘nalishiga o‘ta olmagani haqida video tarqaldi.
SMRI rektori Ilhom Mamatqulovning aytishicha, videoda qo‘shimcha imtihonlardan o‘ta olmagan talabalar, shuningdek, o‘quv jarayoni bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan markaziy ro‘yxatga olish va imtihon bo‘limiga murojaat qilgan talabalar aks etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilida SMRIning ta’lim dasturida 2313 nafar talaba tahsil olgan, ulardan 532 nafari “akademik nizom” talablarini qo‘pol ravishda buzgan (kurs ishidagi plagiatning eng yuqori darajasi).
Ta’kidlanishicha, endilikda talabalar o‘quv jarayoniga to‘liq jalb etilib, ular uchun alohida guruhlar ochiladi. Shundan so‘ng, ularning fanni o‘zlashtirish darajasi aniq bo‘lgunicha o‘quv rejasiga mos fanlar bo‘yicha dars o‘tiladi.
LiveBarchasi