Singapurlik kuzatuvchi: Bizda partiyalar mitinglar qilishadi, fuqarolarning uylariga borishadi

Intervyu

QALAMPIR.UZ ijodiy guruhi O‘zbekistonda o‘tgan Oliy Majlis qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, shahar, tuman kengashlari a’zolari saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan xalqaro kuzatuvchilardan biri Singapur menejmentni rivojlantirish instituti prezidenti Erik Kuan Chun Xok bilan suhbatlashdi. Singapurlik xalqaro kuzatuvchi saylov jarayonlari haqida o‘zining takliflarini bildirdi. Shuningdek, O‘zbekiston va Singapurdagi saylovlardagi farqli jihatlarni tilga oldi.

- Avvalambor, sizni bizning mamlakatda ko‘rishdan mamnun bo‘ldik. Bizda o‘tkazilayotgan saylov jarayonlariga fikrlaringiz qanday?

– O‘ylaymanki, saylov jarayoni juda yaxshi tashkillashtirilgan. Birinchidan, kecha kuzatuvchilar uchun  konferensiya o‘tkazildi. Konstitutsiyadagi o‘zgarishlar, ayollarga berilayotgan ko‘proq haq-huquqlar, aholi salomatligi, mahbuslarning saylovda qatnashishi to‘g‘risida bo‘ldi. Aytmoqchimanki, juda ko‘tarinki ruhda tashkillashtirilibdi. Bugun ham shu ruhni ko‘rish mumkin. Saylov uchastkalariga borganimizda jarayonlar yaxshi tartibga solinganini ko‘rdik. Saylovchilar nima qilishni bilishadi. Ularga qo‘shimcha ma’lumot berish shart emas ekan. Tartib-taomili, nima qilish kerakligini, saylov xonasida nimalarga rioya qilish kerakligini bilishadi.

Men va hamkasbim o‘z taklifimizni bildirdik. Taklifimiz bo‘yicha saylov qog‘ozlarida nomzod va partiya belgisi tushirilgan bo‘lsa fuqarolarga oson bo‘lardi. Nomzodlar ko‘p bo‘lsa, tanlab olish oson bo‘lardi. Ba’zi nomzodlarni ism-familiyalari juda uzun ekan. To‘g‘ri, xozir faqat 5 nomzod bor. Lekin kelajakda bular ko‘payishi mumkin va yoshi kattalar eslab qolishi qiyinlashadi.  

– Biz va Singapurdagi saylov jarayonlari o‘rtasidagi qanday farqli jihatlar mavjud?

– To‘g‘risi, solishtirish sal mushkul. Chunki sizlardagi qoidalar va bizdagi holat o‘rtasida farqlar bor. Bizda siyosiy partiyalar o‘z rejalari bo‘yicha mitinglar tashkil qilishadi, nomzodlar fuqarolarning uylariga borishadi, o‘zlarining rejalarini tushuntirishadi. Sizlarga o‘xshab ko‘p nomzodlar siyosiy partiyalarga a’zo, lekin bizda mustaqil nomzodlar ham bor.

Bizda ham saylovoldi targ‘ibotlar bir kun oldin to‘xtaydi. Sukunat davri bo‘ladi. Bu vaqtda siyosiy partiyalar kompaniya va namoyishlar to‘xtaydi. Shunaqa qilib saylovchilar o‘zlari ustida bosim his qilmaydi yoki saylash uchun majburlanmaydi. Ular xohlaganini saylashadi. O‘ylaymanki, sizning yurtingizda ham xuddi shunday. Singapurga o‘xshab sizlarda ham odamlarda shijoatni sezyapman. Faollik ko‘rsatib ertalabdan saylovlarga kelishmoqda. Hamma o‘z ovozini bermoqchi. Bilishimcha, hozirga qadar ancha saylovchi kelib ovoz berib bo‘ldi.  


Maqola muallifi

Teglar

Saylov Oliy Majlis Erik Kuan

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing