Sindorov va Assaubayeva mln dollarlik turnirda bir jamoa sharafini himoya qiladi
Sport
−
16:17 1203 1 daqiqa
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov Hindistonning Bangalor shahrida bo‘lib o‘tadigan nufuzli Tech Mahindra Global Chess League jamoaviy turnirida Bibisora Assaubayeva bilan bir jamoada ishtirok etadi. Bu haqda qozog‘istonlik shaxmatchi Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Qozog‘iston terma jamoasi yetakchilaridan biri ijtimoiy tarmoqlarda o‘z jamoasi a’zolari bilan tushgan suratlarni joyladi. Ular orasida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov ham bor.
Shuningdek, jamoa tarkibidan rossiyalik grossmeyster Daniil Dubov, hindistonlik Nixal Sarin, eronlik Sara Xadem va fransiyalik Mark-Andria Moritssi ham o‘rin olgan. Shaxmatchilar musobaqa davomida kiyiladigan jamoa liboslarida fotosessiyada qatnashgan.
Ma’lumot uchun, musobaqa ertaga, 5 sentyabrdan 13 sentyabrgacha davom etadi. Turnirda shaxmat olamining ko‘plab yulduzlari ishtirok etadi. Jamoalar umumiy hisobda 1 million dollarlik sovrin jamg‘armasi uchun bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Javohir Sindorov Bibisora Asaubayeva bilan 2026 yilgi Jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun Fransiya va Angliya o‘rtasidagi uchrashuviga borgandi.
Live
Barchasi