Javohir va Bibisora Fransiya – Angliya o‘yiniga bordi (video)
Sport
−
19 iyul 21493 1 daqiqa
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Asaubayeva bilan 2026 yilgi Jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun Fransiya va Angliya o‘rtasidagi uchrashuviga bordi. Bu haqda Bibisora Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Asaubayeva o‘zining Instagram sahifasida Javohir Sindorov bilan tushgan bir nechta suratlarni ham e’lon qildi.
Uchrashuv AQSHning Florida shtati Mayami-Gardens shahridagi “Mayami” stadionida bo‘lib o‘tgan.
Ushbu bahsda Tomas Tuxel boshchiligidagi Angliya terma jamoasi Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionatining bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati finali bugun, 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Turnir hal qiluvchi bahsida Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Bu juftlik Qo‘shma Shtatlarda bo‘lib turganini sabab ularning final bahsini ham stadiondan kuzatish ehtimoli bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bibisora Asaubayeva va Javohir Sindorov bir-birining surati tushirilgan futbolkalarda suratga tushib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagandi.
Live
Barchasi