Sindorov va Abdusattorov Osiyo reytingida birinchi ikki o‘rinni egalladi

Sport

image

Osiyo shaxmat federatsiyasining sentyabr oyi uchun yangilangan erkaklar reytingida ikki o‘zbekistonlik shaxmatchi birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egalladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

20 yoshli grossmeyster Javohir Sindorov 2778 reyting ochkosi bilan qit’a reytingida birinchi o‘rindan joy oldi. Yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi, 21 yoshli Nodirbek Abdusattorov esa 2762 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egalladi.

Shu tariqa, Sindorov va Abdusattorov O‘zbekiston tarixida ilk bor Osiyo shaxmat reytingida bir vaqtning o‘zida birinchi ikki o‘rinni band etdi. Ular hindistonlik Rameshbabu Pragnanandha va Arjun Erigaysi, shuningdek, xitoylik Vey Ini ortda qoldirdi.

Sindorovning tezkor shaxmatdagi reytingi 2732, blitsdagi reytingi esa 2725 ochkoni tashkil etadi. Abdusattorovning blits reytingi 2818 ochkoga teng.

Ma’lumot uchun, 20 yoshli Sindorov Kiprda o‘tkazilgan 2026 yilgi FIDE nomzodlar turnirida g‘olib chiqib, jahon chempioni unvoni uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritgan edi.

Uning amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan jahon toji uchun bahsi joriy yilning 24 noyabrdan 12 dekabrga qadar Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing