Simeone “Barselona”ga qarshi o‘yinda antirekord o‘rnatdi

Sport

image

Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone “Barselona”ning “Kamp Nou” stadionida g‘alaba qozonmagan o‘yinlar soni bo‘yicha antirekord o‘rnatdi. Bu haqda “Telegrafi” nashri xabar berdi.

Kecha, 2 dekabr oqshomida madridliklar La Liganing 19-turi doirasidagi uchrashuvda “Barselona”ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu natija Simeonening “Kamp Nou”dagi muvaffaqiyatsiz seriyasini yana bir o‘yinga ko‘paytirdi. Argentinalik mutaxassis qo‘l ostida “Atletiko Madrid” bu stadionda o‘tkazilgan 17 ta o‘yinning birortasida ham g‘alaba qozona olmagan. Jamoa bu uchrashuvlarning 7 ta durang va 10 ta mag‘lubiyatga uchragan.

Shu tariqa, Simeone “Barselona”ning uy maydonida (Kam Nou) g‘alaba qozonmagan o‘yinlar soni bo‘yicha “Malorka” sobiq bosh murabbiyi Xaver Agirreni (16 ta o‘yin) ortda qoldirgan holda murabbiylar orasida yangi antirekord egasiga aylandi.

“Atletiko Madrid” bu o‘yinga qadar ketma-ket yetti uchrashuvda (oltitasi La Ligada, bittasi Chempionlar Ligasida) g‘alaba qozonib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” hozirda 37 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Atletiko Madrid” esa 31 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Diego Simeone “Barselona” antirekord “Kamp Nou”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing