Silva faoliyatini “Real” yoki “Barselona”da davom ettirishi mumkin

Sport

image

“Manchester Siti” klubi va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva yozda klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik hozirda “shaharliklar” safida qolishni rejalashtirmayapti, u ispan grandlaridan biri – “Real” yoki “Barselona”ga o‘tmoqchi.

Luka Modrich va Toni Kroosning ketishi ehtimoli tufayli “Real” Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishi mumkin. “Barselona” esa portugaliyalikni taxminan bir yildan beri kuzatib kelmoqda.

OAV o‘tgan yozda “Manchester Siti” futbolchini sotishga tayyorligi haqida xabar bergan edi, biroq “Barselona” Premer-liga klubiga ma’qul keladigan taklif bilan chiqmagan edi.

Angliya Premer-ligasining 2022/2023 yilgi mavsumida Bernardu Silva 19 uchrashuvda 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Silva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing