Sietl “ozod qilindi”
Olam
−
02 iyul 2020
9278Sietlning (Vashington) markaziy tumanlaridan birida namoyishchilar tomonidan e’lon qilingan avtonom hudud nihoyat politsiya tomonidan yo‘q qilindi. Bu haqda kecha, 1 iyul kuni Oq uy vakili Keyli Makineni matbuot brifingida ma’lum qildi.
"Men Sietl ozod qilingani haqida barchaga xabar berishdan xursandman. Kapitoliy tepaligidagi avtonom zona ", dedi u. "Kapitoliy tepaligidagi avtonom hudud <...> bu to‘rt hafta davom etgan demokratlar va radikal chap tomonlarning muvaffaqiyatsiz urinishi bo‘ldi", deb qo‘shimcha qildi Makineni.
Sietl politsiyasi (Vashington) ilgari namoyishchilarni "avtonom hudud"dan tarqatish paytida o‘nlab odamlarni hibsga oldi. Politsiya namoyishchilarni 1 iyul kuni kechqurun shahar hokimi Jenni Derkanning farmoni e’lon qilingandan keyin tarqatib yuborishni boshladi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bunga yaqinda "avtonom hudud" va uning yonidagi to‘qnashuvlarda ikki o‘spirin halok bo‘lgan, bir necha kishi jarohatlangani sabab bo‘ldi.
Namoyishchilarni shahar markaziy tumanidan tozalash operatsiyasi 1 iyul kuni ertalab boshlanib, unga 100 ga yaqin politsiya xodimi jalb qilingan. Shahar hokimining qaroriga binoan, "avtonom hudud"da bo‘lgan barcha namoyishchilar favqulodda holat rejimini buzmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, sietllik namoyishchilar "avtonom hududi"ni markaziy tumanlardan biri, deb e’lon qildi. Mahalliy hokimiyat ushbu hududda politsiya bo‘linmasini bo‘shatish uchun keskinlikni kamaytirishga qaror qildi, shundan keyin bino namoyishchilar tomonidan egallab olindi. Namoyishchilarning bir qismi shahar politsiyasini tarqatib yuborishni, shuningdek, qora tanlilar huquqlarining buzilishiga chek qo‘yishni talab qildi.
AQSH Prezidenti Donald Tramp bir necha bor Sietldagi tartibbuzarlarni anarxistlar va terrorchilar deb atadi. Shuningdek, u Derkan va Vashington gubernatori Jey Inslini harakatsizligi uchun tanqid qildi. 11 iyun kuni “Fox News Channel”ga bergan intervyusida Tramp Sietlda faqat AQSH milliy gvardiyasi ishtirokida tartib o‘rnatish mumkinligini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi