Sianda Mirziyoyev va Imomali Rahmon o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 18 may kuni Sian shahrida o‘tayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy sammiti doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari Matbuot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. Yetakchilar iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 12 may kuni Toshkent shahrida o‘tgan navbatdagi yig‘ilishining samarali yakunlarini yuksak baholagan. 

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini, shu jumladan energetika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, transport-kommunikatsiya va boshqa tarmoqlarda ilgari surish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni amalda bajarish muhimligi ta’kidlangan. 

O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashgan, bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev sammit Imomali Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing