Si Szinpin O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
29 aprel 2021
10925Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati e’lon qilgan xabarda aytilgan.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Szinpin bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida oliy darajali tadbirlarga ham to‘xtab o‘tilgan. Yetakchilar XXR Raisining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifiga keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish, ko‘p asrlik mustahkam do‘stlik rishtalari va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim tarixiy ahamiyat kasb etadigan voqea sifatida puxta tayyorgarlik ko‘rish muhim ekanini qayd etgan.
Suhbat chog‘ida shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, shu jumladan “Xitoy – Markaziy Osiyo” formatidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.
Avvalroq, 2021 yilda Hindiston va Xitoy rahbarlarining O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.