Si Szinpin Trampning inauguratsiyasiga bormaydi – CBS
Olam
−
13 dekabr 2024
4281Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tadigan inauguratsiya marosimida qatnashmaydi. Bu haqda amerikalik diplomatlar va rasmiy manbalarga tayanib, CBS News telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xitoyning AQSHdagi elchisi va uning rafiqasi tadbirda ishtirok etishi kutilmoqda. Ammo Si Szinpinga taklifnoma yuborilgani Xitoyda kutilmagan voqea sifatida qabul qilingan. Taklifnomani Xitoy tomoni “katta hayrat” bilan qabul qilgani, ayniqsa Amerika-Xitoy munosabatlaridagi protokol va murakkab dinamikani hisobga olgan holda tushunarsiz bo‘lib qolayotgani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Donald Trampning o‘tish davri jamoasi inauguratsiyaga xorijiy mehmonlarni, jumladan, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni ham taklif qilmoqchi. Vladimir Putin ushbu marosimga chaqirilmagani esa Kreml tomonidan allaqachon tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Xitoy rahbari Si Szinpinni 20 yanvar kuni Vashingtondagi inauguratsiya marosimiga taklif etgani xabar qilingan edi. Biroq Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi bu ma’lumotlarga izoh berishdan bosh tortgan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar