Si Szinpin Shimoliy Koreyaga boradi
Olam
−
05 iyun 3040 1 daqiqa
Xitoy Raisi Si Szinpin 8–9 iyun kunlari davlat tashrifi bilan Shimoliy Koreyaga boradi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tashrif Kim Chen Inning taklifiga binoan amalga oshiriladi.
Agentlik xabarida aytilishicha, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Bosh kotibi va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 8–9 iyun kunlari KXDRda davlat tashrifi bilan bo‘ladi.
Joriy yilning mart oyida Kim Chen In Shimoliy Koreya va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlari yanada mustahkamlanishini ta’kidlagan edi.
Shuningdek, Kim Chen In Si Szinpinga yo‘llagan javob maktubida uni Koreya Mehnat partiyasi Bosh kotibi lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan yo‘llangan tabrik uchun minnatdorlik bildirgan.
U o‘z maktubida xitoylik hamkasbining tabrigi o‘zi va partiya a’zolari uchun qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘bat belgisi bo‘lganini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, 22 fevral kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi Bosh kotibi lavozimiga qayta saylangandi.
Saylov Pxenyanda bo‘lib o‘tgan Koreya Mehnat partiyasining to‘qqizinchi qurultoyi davomida o‘tkazilgan. Qurultoy har besh yilda bir marta tashkil etiladi. Unda Markaziy qo‘mita a’zolari ham saylanadi va partiya nizomiga ayrim o‘zgartirishlar kiritiladi.
Live
Barchasi