Si Szinpin Samarqandda rasmiy kutib olindi
Jamiyat
−
15 sentabr 2022 7464 1 daqiqa
Bugun, 15 sentyabr kuni Samarqanddagi Kongress markazida davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Raisini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Raisi Si Szinpin shohsupaga ko‘tarildilar. Ikki davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul tantanali ravishda saf tortib o‘tdi.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari ham hozir bo‘ldi.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng O‘zbekiston va Xitoy yetakchilarining muzokaralari boshlandi.





Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr