Si Szinpin Pekinda Lavrovni qabul qildi
Olam
−
09 aprel
5933Xitoy rahbari Si Szinpin Pekinga tashrif buyurgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi. Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi.
“Biz o‘tgan yillar davomida, ayniqsa, sizning rahbarligingizda so‘nggi o‘n yillikda erishgan muvaffaqiyatlaringizni yuksak qadrlaymiz va hayratda qolamiz. Biz bu muvaffaqiyatlardan chin dildan mamnunmiz, chunki bu do‘stlarning muvaffaqiyati. Biroq dunyoda hamma ham bunday munosabatda emas va ular Xitoyning rivojlanishini to‘xtatish uchun har tomonlama harakat qilmoqda. Aslida, Rossiyaning rivojlanishiga ham shunday munosabatda bo‘lishmoqda”, degan Lavrov uchrashuv boshida.
Vazir Xitoy Xalq Respublikasi Raisiga Prezident Vladimir Putinning salomini yetkazdi. Lavrovning ta’kidlashicha, Rossiya rahbari “joriy yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan so‘ng yo‘llangan tabrikni juda yuqori baholagan”.
“Prezident Putinning qayta saylanishi munosabatlarimiz davomiyligini va barcha sohalardagi munosabatlarning yangi rivojlanishiga e’tibor qaratishimizni kafolatlaydi”, deydi Lavrov.
O‘z navbatida, Si Szinpin kirish vazirdan Prezident Putinga samimiy salomlar yetkazishni so‘ragan. Uning ta’kidlashicha, Lavrov “tajribali diplomat va Xitoy xalqining azaliy do‘sti” va “munosabatlar rivojiga katta xissa qo‘shgan”.
Xitoy rahbari Pekin va Moskva “tinch-totuv yashash yo‘lidan o‘tganini” va “ikki tomonlama munosabatlarning izchil va barqaror rivojlanishi manfaati yo‘lida” o‘zaro hamkorlikka erishish uchun harakat qilayotganini ta’kidladi.
Bungacha Lavrov xitoylik mavqedoshi Van I bilan uchrashgan. Vazirlar mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar, Ukraina inqirozi, Tayvan va Koreya yarimoroli atrofidagi vaziyatni muhokama qilgan.
Rossiya TIV rahbari davlat rahbarlari tufayli Moskva va Pekin o‘rtasidagi har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlari misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilganini ta’kidladi. Lavrovning aytishicha, Rossiya va Xitoyning hozirgi davrdagi asosiy muammolarni hal qilish bo‘yicha yondashuvlari yaqinligi yoki mos kelishi jahon miqyosida strategik muvofiqlashtirishni mustahkamlashga zamin yaratadi.
LiveBarchasi