Si Szinpin okeanlararo temiryo‘l qurishni taklif qildi
Olam
−
20 noyabr
5567Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Tinch va Atlantika okeanlari o‘rtasida temiryo‘l barpo etish loyihasida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqchi. Bu haqda u bilan uchrashuvdan so‘ng Boliviya Prezidenti Luis Arse ma’lum qildi.
“Shuningdek, u Peruning Chankay megaportidan boshlanib, Boliviya va Braziliya kabi BRICS hamkor davlatlari hududi orqali o‘tuvchi Tinch va Atlantika okeanlarini bog‘laydigan okeanlararo temiryo‘l qurish imkoniyatini ko‘rib chiqishdan manfaatdorligini bildirdi”, dedi u.
Boliviya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy rahbari Braziliyaga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashuvda litiy va qazib olish sanoatida qo‘shma loyihalarga ham qiziqish bildirgan.
Ma’lumot uchun, joriy yil 14 noyabr kuni Si Szinpin va Peru Prezidenti Dina Boluarte Chankay porti faoliyatining rasmiy ochilishida ishtirok etgan. Bu port Janubiy Amerikadan Xitoyga yuk yetkazish yo‘lini 10 kunga qisqartirish imkonini beradi. Loyihada Xitoyning COSCO Shipping logistika kompaniyasining ulushi 60 foizni tashkil qiladi. Umumiy investitsiyalar taxminan 3,4 milliard dollarga teng.
LiveBarchasi