Si Szinpin Moskvaga keldi. Prezidentlarning uchrashish vaqti ma’lum

Olam

image

XXR raisi Si Szinpin boshchiligidagi delegatsiyadan iborat samolyot Moskva shahridagi “Vnukovo” aeroportida qo‘ndi. 

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Vladimir Putin va Si Szinpinning rasmiy uchrashuvi 21 mart kuni soat 15:00 da boshlanadi.

Xitoy rahbari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining taklifiga binoan 20-22 mart kunlari Rossiyada bo‘ladi. Tashrif uning uchinchi muddatga davlat rahbari etib qayta saylanganidan keyingi xorijga ilk safaridir.

“Soat 15:00 da rasmiy uchrashuv marosimi bo‘lib o‘tadi, keyin hammasi birin-ketin davom etadi. Uchrashuvlarni kutib olish uchun Kreml saroyi tayyor holatda”, deb ma’lum qilgan Peskov.

Qayd etish kerakki, Pekin bo‘lajak tashrif ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashini kutmoqda. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbinning so‘zlariga ko‘ra, tashrif ikki tomonlama munosabatlar rivojiga yangi sur’at bag‘ishlaydi. Davlat rahbarlari Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi sheriklik va hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing