Si Szinpin Mirziyoyevni tabrikladi. U O‘zbekistonga kelmoqchi
Jamiyat
−
24 iyul 2020
10621O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar rahbarlari, taniqli davlat va jamoat arboblaridan qutlovlar kelmoqda.
Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘z maktubida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotgani, mustahkam do‘stlik rishtalarini g‘oyat qadrlashini ta’kidlagan.
Xitoy rahbari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishga tayyor ekanini, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan ko‘p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga tayyorligini bildirgan.
Avvalroq, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari, Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tabriklagandi.
LiveBarchasi