Si Szinpin Xitoy qo‘shinlarini shay holatga keltirishga buyruq berdi
Olam
−
08 mart
21780Xitoy rahbari Si Szinpin Qurolli kuchlarni dengizdagi harbiy mojarolarga tayyorgarlikni muvofiqlashtirishga, mamlakatning dengiz chegaralari va manfaatlarini himoya qilishga buyruq berdi. U bu haqda kecha, 7 mart kuni Xitoy parlamentining yillik yig‘ilishida ma’lum qilgan.
XXR rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda kiberkosmik mudofaa tizimini yaratish va milliy tarmoq xavfsizligini ta’minlash imkoniyatlarini yaxshilash zarur. Qolaversa, Si Szinpin harbiylarni islohotlarni olg‘a surishga va rivojlanayotgan hududlarda strategik imkoniyatlarni oshirish uchun innovatsiyalarni rag‘batlantirishga chaqirgan.
Shuningdek, Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I mamlakatning Janubiy Xitoy dengizidagi huquqlarini himoya qilish majburiyatini yana bir bor tasdiqlagan va boshqa davlatlarning provokatsiyalaridan ogoh bo‘lishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Hindiston Xitoy chegarasiga o‘n ming askar jo‘natgan edi. Bundan avvalroq esa Eron, Xitoy va Rossiya birgalikda harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazishi haqida xabar qilgandik. Ayni vaqtda esa Janubiy Koreya Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan birga Freedom Shield qo‘shma mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.
LiveBarchasi