Si Szinpin Dushanbega bordi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin rasmiy tashrif bilan Tojikistonga keldi. Bu haqda “Xovar” agentligi xabar berdi.

“Sinxua” agentligi xabariga ko‘ra, uni aeroportda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon kutib oldi.

Tojikiston TIV Xitoy rahbarining tashrifi 4 iyuldan 6 iyulgacha davom etishi haqida xabar bergan edi. Rasmiy tashrif doirasida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan tor va keng doiralarda uchrashuv bo‘lib o‘tadi, shuningdek, “davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo mustahkam hujjatlar to‘plami” imzolanishi kutilmoqda.

Shuningdek, ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro kun tartibiga doir qo‘shma bayonot qabul qiladi.

Bundan tashqari, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham Tojikistonga bordi. Dushanbeda Bosh kotibning Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvi rejalashtirilgan. Guterrishning tashrifi 5 iyulga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Dushanbe Si Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing