Shveysariyalik qandolatchi “kiyiladigan” torti orqali rekordlar kitobiga kirdi
Bu qiziq
−
04 fevral 2023
6860Shveysariyalik qandolatchi oshpaz 131,15 kilogrammlik to‘y libosi ko‘rinishidagi tort tayyorlab, Ginnes rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda “Alarabiya” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ko‘ylakning yuqori qismi shakar pastasidan tayyorlangan, 50,90 kg og‘irlikda bo‘lib, tortning pastki qismi esa biskvit hamda krem bilan qoplangan. Bu tort xuddi shunday turda oldin Ginnes rekordlar kitobiga kirgan 68 kilogrammli tortdan salkam ikki barobar og‘ir. Og‘ir kiyimning harakatlanishi uchun pastki qismiga g‘ildiraklar ham biriktirilgan.
“Bir necha yil oldin qandolatchi sifatida ishlayotgan paytimda menga bir g‘ayrioddiy g‘oya keldi. Bu go‘yo butun to‘y libosi tortdan “tikilgan” bo‘lishi haqida edi. Bugun mana shu g‘oya amalga oshdi”, deydi qandolatchi.
Shundan so‘ng, noodatiy tort tadbir ishtirokchilari hamda mehmonlarga kesib tarqatildi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi