Shveysariyada qor ko‘chkisi sabab yo‘lovchi poyezd relsdan chiqib ketdi

Olam

image

Bugun, 16 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat taxminan 07:00 larda Shveysariyada qor ko‘chkisi oqibatida 80 ga yaqin yo‘lovchini olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib ketdi. Bu haqda “The Independent” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea Vale kantonining janubi-g‘arbidagi Goppenstein qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Rasmiylar jarohatlangan va halok bo‘lganlar bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan. Hodisa joyiga tez yordam mashinalari va qutqaruv vertolyotlari yuborilgan. Mahalliy vaqt bilan soat 10:00 dan keyin kamida 30 kishi evakuatsiya qilingan.

Hozircha qor ko‘chkisi to‘g‘ridan to‘g‘ri poyezdga urilgan yoki urilmagani aniq emas. Frutigen–Brig yo‘nalishidagi qatnovlar ertaga qadar to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikaning Oaxaka shtati janubida poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida 13 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

halokat poezd Shveytsariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing