Shveysariya Xitoyda uyg‘urlarning taqdiridan xavotirda

Olam

image

Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi Xitoyning Berndagi elchisini Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatdan xavotir bildirish uchun idoraga chaqirdi. 

Xususan, departament BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Shinjondagi inson huquqlari buzilishi haqidagi 31 avgustdagi hisobotida tilga olingan o‘zboshimchalik va tanlab hibsga olishlardan xavotir bildirdi. 

“Shveysariya asosiy inson huquqlarini hurmat qilishning eng yaxshi yo‘li Pekin ma’muriyati bilan konstruktiv muloqotdir, deb hisoblaydi”, deyiladi xabarda. 

Avvalroq BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligining Shinjondagi inson huquqlari buzilishi bo‘yicha boshqarmasi Xitoy hukumati mintaqadagi musulmon ozchilikka “terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash” niqobi ostida bosim o‘tkazayotganini tasdiqlagan edi

Tegishli hisobot mualliflari bunday amaliyotlar insoniyatga qarshi jinoyat bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. 

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi hisobotdagi ayblovlarni "mutlaqo noqonuniy va asossiz" deya rad etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

166

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing